YENGIL SANOAT MASHINALARI VA JIHOZLARI KAFEDRASI

Kafedra mudiri

Kafedra mudiri: p.f.f.d.(PhD) dots. Samiyeva Sh.H.


Qabul vaqti: Seshanba-Juma (15:00-17:00 gacha)


Tel:+99890 510-31-03


Email: samieva-1978@mail.ru

Kafedra faoliyati

Yengil sanoat  mashina va jihozlari kafedrasi BuxMTI tarkibida 2019 yil 10 iyuldagi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyrug’iga asosan tashkil etildi. «Yengil sanoat  mashina va jihozlari» kafedrasi mudiri Samiyeva Shaxnoz Hikmatovna.

Hozirgi paytda kafedrada, 1 ta fan doktori, professor Raxmonov Xayriddin Qodirovich, 2 ta falsafa fanlari bo’yicha doktori (PhD), dotsent Samiyeva Shaxnoz Hikmatovna va Behbudov Shavkat Husenovich, 4 ta assistent Vafayeva Zamira Sevindikovna, Mavlonova Iroda Rajabboyevna, Djurayeva Taxmina Saidovna, Bozorova Farida Maxmudjonovna, 4 ta o’qituvchi-stajyor Mustafoyev Komil Ilxom o`g`li, Asadova Sitora Sadullayevna, Muxtarova Zarnigor Nusrat Qizi, Shodmonova Shaxnoza Hamroyevna va 4 ta doktorant Choriyeva Muxabbat Muxammatovna, Fayziyev Sirojiddin Hayot o`g`li, Sayitqulov Sardor Oltiboyevich, Amonov Abduraxmon Rafiq o`g`li va laborant Temirova Shaxnoz Muxammatovna faoliyat ko`rsatib kelmoqdalar.

Kafedradagi o'qituvchilar:

1 / 15
teacher
Raxmonov Xayriddin Qodirovich
2 / 15
teacher
Samiyeva Shahnoz Hikmatovna
3 / 15
teacher
Behbudov Shavkat Husenovich
4 / 15
teacher
Choriyeva Muxabbat Muxammatovna
5 / 15
teacher
Vafayeva Zamira Sevindikovna
6 / 15
teacher
Mavlonova Iroda Rajabboyevna
7 / 15
teacher
Fayziyev Sirojiddin Hayot o`g`li
8 / 15
teacher
Amonov Abduraxmon Rafiq o`g`li
9 / 15
teacher
Djurayeva Taxmina Saidovna
10 / 15
teacher
Bozorova Farida Maxmudjonovna
11 / 15
teacher
Sayitqulov Sardor Oltiboyevich
12 / 15
teacher
Asadova Sitora Sadullayevna
13 / 15
teacher
Muxtarova Zarnigor Nusrat Qizi
14 / 15
teacher
Mustafoyev Komil Ilxom o`g`li
15 / 15
teacher
Temirova Shaxnoz Muxammatovna
Kafedraning ta`lim yo`nalishlari

Xalqaro aloqalar

Moskva davlat texnologiya va dizayn universiteti
Kostroma texnologiya universiteti
Kazan davlat texnologiya universiteti
Sankt-Peterburg davlat texnologiya va dizayn universitet

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

    Bakalavriat:

  • Yengil sanoat jihozlari va moslamalari
  • Tikuv,trikotaj va zardo’zlik buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari
  • Yengil sanoat jihozlarini hisoblash va loyihalash
  • Yengil sanoat xomashyolarini ishlab chiqarish jihozlari
  • Yengil sanoat jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish
  • Yengil sanoat jihozlari puxtaligi
  • Tikuvchilikda innovasion texnologiyalar
  • Ta’mirlash ustaxonalarini loyihalash
  • Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash
  • O’quv ustaxonasi
  • Tarmoq texnologiyasi va jihozlari
  • O’zaro almashinuvchanlik, standartlashtirish, texnikaviy o’lchashlar va sertifikatlashtirish
  • Tarmoq mashinalarini loyihalash tizimlari

    Magistratura:

  • Yengil sanoat mashinalarining texnik diagnostikasi va tadqiqot asoslari
  • Yengil sanoat mashinalarini loyihalash va hisoblash
  • Yengil sanoat mashinalari dinamikasi
  • Yengil sanoat mashinalari yeyilishi va ta’mirlash usullari
  • Eksperimental tadqiqotlar o’tkazish
  • EHMda texnologik mashinalarni integrallash usulda loyihalash
  • Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari

Doktarant Fayziyev S.X: “Quritish barabanining uzatish tizimini resurs tejamkor texnologiyasini ishlab chiqish”, ilmiy rahbar X.K. Raxmonov.
Doktarant Choriyeva М.М.: “Buxoro neft va gaz sanoati ishchilarini yuqori harorat ko’rsatkichlaridan himoya qilish uchun maxsus sanoat kiyimlari assortimentining oqilona tuzilishini shakllantirish prinsiplarini ishlab chiqish”, ilmiy rahbar Mansurova М.А.
Doktorant Аmonov А.R. «Polimer kompozit qoplash qurilmasining uzatuvchi mexanizmlari ishchi parametrlarini hisoblash usullari va konstruksiyasini takomillashtirish», ilmiy rahbar Jo’ryev A.J.
Doktarant Sayitqulov S.O.: «Ikkikamchi issiq havo oqimidan foydalanib paxtani quritishda va tashishda ishlatiladign shnekli qurilmaning yangi konstruksiyasini ishlab chiqish va ishlab chiqorishga tadbiq etish», ilmiy rahbar X.K. Raxmonov.
ilmiy tadqiqot

Kafedrada amalga oshirilgan ilmiy-uslubiy ishlar

Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan ilmiy maqolalarini respublika va xorijiy jurnallarga chop etmoqdalar, o'z yo’nalishlarida monografiyalar va o'quv qo'llanmalarini yaratmoqdalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Jumladan, 1 ta o’quv qo’llanma “Yengil sanoat jihozlari puxtaligi” Qurbonov F.A., Behbudov Sh.X., 1 ta monografiya “Talabalarda estetik dunyoqarashni rivojlantirish” Samiyeva Sh.X., Asadova S.S., 22 ta xorijiy (Scopus, Web of science jurnallarida) va 18 ta respublika (OAK jurnallarida) maqolalar chop etilgan. Bundan tashqari kafedrada faoliyat olib borilayotgan professor-o’qituvchilar tomonidan “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat”, “Rasm kreativ grafikasi”, “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanlaridan elektron o’quv qo’llanma dasturiga guvohnoma va “Chigitli paxtani quritish qurilmasi” hamda “Chigitli paxtani saqlashga tayyorlash qurilmasi” foydali modelga patentlar olganlar.

Kafedrada olib borilayotgan ma’naviy va ma’rifiy faoliyat

Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida “Yengil sanoat mashina va jihozlari” kafedrasi negizida “Yosh innovatorlar” va “Yosh mexaniklar” to’garaklari faoliyat ko’rsatmoqda. To’garakda talabalar dars mashg’ulotlarida olgan nazariy bilimlarini amalda qo’llab, mustahkamlaydilar hamda mutaxassisligi bo’yicha kerakli yangiliklarni o’rganib boradilar. Bundan tashqari "Yengil sanoat mashina va jihozlari" kafedrasi o'qituvchilari tarixiy sanalar, davlat ramzlari qabul qilingan kunlar va buyuk allomalar tug’ilgan kunlariga bag’ishlangan institut tadbirlarida qizg’in hissa qo’shadilar. Talabalar turar joylarida “kafedra kuni”da hayotimizga oid dolzarb mavzularga atalgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlarni o'tkazadilar. Kafedra a’zolari Yangi yil, Navro’z, Hayit bayramlarida kam ta'minlangan, yetim va nogiron talabalarga yordam beradilar.
taqdimot taqdimot