Kafedra 1979 yil «Amaliy matematika» nomi bilan faoliyat yuritishni boshladi va 1992 yilda “Hisoblash texnikasi” mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlovchi ixtisoslik kafedra maqomini oldi. Hozirda 5111000-Kasb ta’limi(Informatika va axborot texnologiyalari) ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari dotsenti O.O.Yodgorov rahbarligida xalqaro Tempus loyihasi doirasida “Higher Education Initiative For Informatics in Central Asia” mavzu bo’yicha №158677 Tempus-DE-Tempus JPCR raqamli xalqaro grant bajarildi. Loyihaning byudjeti 1112038 evroni tashkil qiladi. SH.I.Razzakov rahbarligida xalqaro ERASMUS+ loyihasi doirasida “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master program) (Matematik injenering bo’yicha magistrlik o’quv rejalarini ishlab chiqish va hisoblash markazlarini yaratish)”.mavzu bo’yicha №561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE ECCUM raqamli xalqaro grant bajarildi. Loyihaning byudjeti 78021.00 yevroni tashkil etadi. Angliya, Germaniya, AQSh, Slovakiya, Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Malayziya, Hindiston va boshqa davlatlar ilmiy jurnallarida chop etilgan.
Biz bilan quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda bog`lanishingiz mumkin.